date

Slutskij boshqaruvidagi Shanghai so'nggi turda mag'lub bo'ldi

Slutskij boshqaruvidagi Shanghai so'nggi turda mag'lub bo'ldi

Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan keyin “Shanghai Shenhua” pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo'lgandi. 8-turda “Buriram United”ga qarshi bahs Leonid Slutskij jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so'nggi umid sifatida ko'rildi, biroq bu safar ham natija bo'lmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tailand klubi 2:0 hisobida g'alaba qozondi: uchrashuvning ilk qismidayoq ikki bor aniq zarba yo'llandi. 11-daqiqada Gud Kertis hisobni ochgan bo'lsa, 22-daqiqada Suphanat Mueanta ustunlikni ikkitaga oshirdi. Ko'p o'tmay “Shanghai Shenhua” bir futbolchisini yo'qotib, son jihatdan kamchilikda qoldi va o'yindagi intriga deyarli so'ndi.

Ta'kidlash joiz, Leonid Slutskijning “Shanghai Shenhua” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskij boshqaruvidagi Shanghai so'nggi turda mag'lub bo'ldi