Fonseka Lion bilan trofeylar uchun kurashga tayyor

“Lion” bosh murabbiyi Paulu Fonseka joriy mavsumdagi ishlaridan va jamoaning o‘sib borayotgan natijalaridan gapirdi. Klub barcha musobaqalarda ketma-ket 13 ta g‘alaba qayd etib, bir vaqtning o‘zida uch turnirda ham barqaror o‘yin namoyish etmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Fonseka YouTube’dagi Olympique-et-Lyonnais kanaliga bergan intervyusida jamoa sovrinlar uchun yetarlicha tayyorligini ta’kidladi. Uning aytishicha, bu yo‘l oson emas: murabbiy uchun Liga 1dagi to‘rtinchi mavsum bo‘layotgan bo‘lsa-da, aynan hozirgi chempionat eng raqobatbardosh ko‘rinishda kechmoqda. Shunga qaramay, u jamoaning ambitsiyasi, ishlash uslubi va futbolchilarning doimiy rivojlanish istagiga ishonishini bildirdi.
Mutaxassis “Lion” bu mavsumda kutilmagan katta syurpriz bo‘lishi mumkinligini ham qo‘shimcha qildi. U mavsum startidagi muammolar va jamoa boshdan kechirgan qiyinchiliklarni eslatib, hozir klub imkon qadar eng yaxshi sport formasiga chiqqanini aytdi. Fonseka uchun asosiy mezon — mavsum yakuni, va u oxir-oqibat “Lion” alohida bir natija yaratishiga ishonmoqda.
Hozirda “Lion” Fransiya chempionatida uchinchi o‘rinda bormoqda. Shuningdek, jamoa Yevropa Ligasi umumiy bosqichini birinchi o‘rinda yakunlab, pley-offda kurashni davom ettiradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!