date

Boka Huniors klubida yangi sport direktori ish boshladi

Boka Huniors klubida yangi sport direktori ish boshladi

Argentinaning “Boka Huniors” klubi sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlanganini rasman ma’lum qildi. Endi u klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jamoa tarkibini tez fursatda kuchaytirish zarurati borligi ta’kidlanmoqda. Shu sababli Rikelme va Delgado dueti transferlar hamda seleksiya masalalarida yaqin kunlarda faol ish olib borishi kutilmoqda.

Marselo Delgado futbolchilik faoliyatida ham tanilgan: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasi safida 18 ta o‘yin o‘tkazgan, 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.

Delgadoning eng yorqin natijalaridan biri 2003 yilda qayd etilgan: u Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purariga aylangan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u “Santos” hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan bir xil natija ko‘rsatgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Boka Huniors klubida yangi sport direktori ish boshladi