date

Fonseka Lion bilan sovrinlar yutishga tayyormiz dedi

Fonseka Lion bilan sovrinlar yutishga tayyormiz dedi

«Lion» bosh murabbiyi Paulu Fonseka joriy mavsumdagi ishlaridan mamnunligini bildirdi. Jamoa barcha musobaqalarda ketma-ket 13 ta g‘alaba qayd etib, bir vaqtning o‘zida uch turnirda ham barqaror va ishonchli futbol ko‘rsatmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Fonseka klubning katta maqsadlar uchun yetarlicha kuchga ega ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sovrin yutish oson emas, biroq u jamoaning ambitsiyasi, qo‘llanayotgan uslublar va futbolchilarning doimiy o‘sishga intilishi bu yo‘lda asosiy tayanch bo‘layotganiga ishonadi.

Mutaxassis «Lion» bu mavsumda kutilmagan natijalar muallifiga aylanishi mumkinligini ham aytdi. U mavsum startidagi muammolar va sinovlarni eslatib, hozir jamoa imkon qadar eng yaxshi sport formasiga chiqqanini, eng muhimi esa mavsum qanday yakunlanishi ekanini qayd etdi.

Hozirda «Lion» Fransiya chempionatida uchinchi o‘rinda bormoqda. Klub Yevropa Ligasi umumiy bosqichini birinchi bo‘lib yakunladi va endi pley-offda kurashni davom ettiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fonseka Lion bilan sovrinlar yutishga tayyormiz dedi