date

Bavariya Oliseni yozda hech qanday holatda sotmaydi

Bavariya Oliseni yozda hech qanday holatda sotmaydi

Myunxenning «Bavariya» klubida bu mavsum yorqin ko'rinayotgan Maykl Olise atrofida turli mish-mishlar yangramoqda. Ayrim manbalar uni APLning yetakchi jamoalari, xususan «Liverpul» bilan bog'layotgan bo'lsa-da, klub rahbariyati aniq pozitsiyani tanlagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline xabariga ko'ra, «Bavariya» kelasi yozda Oliseni qanday taklif bo'lishidan qat'i nazar sotishni ko'zlamayapti. Myunxenliklar vingerga uzoq muddatli reja doirasida muhim figura sifatida qaramoqda.

Olise uchun ham bu qaror muammo emas: fransuz futbolchi «Bavariya»da o'zini baxtli his qilmoqda va aynan shu jamoada eng yuqori darajasiga chiqayotganiga ishonadi.

Maykl Olise 2024 yil iyulida «Kristal Pelas»dan «Bavariya»ga o'tgandi. Shundan beri u 89 uchrashuvda maydonga tushib, 33 ta gol va 48 ta golli uzatma bilan jamoasiga katta hissa qo'shdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya Oliseni yozda hech qanday holatda sotmaydi