Santush Ronaldu JCh-2026da o'ynashi kerakmi, dedi

Portugaliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Fernandu Santush Krishtianu Ronalduning jamoa uchun ahamiyati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Oy boshida “Al-Nasr” hujumchisi 41 yoshni qarshi oldi. OAVda esa uning hozirgi holatida ham terma jamoaga qay darajada zarurligi borasidagi bahslar tinmayapti.
“Ronalduning Jahon chempionatida asosiy tarkibda bo‘lishi kerakmi? Har bir murabbiyning o‘z taktika va qarashi bor. Agar Krishtianu yaxshi formada, eng yuqori darajada bo‘lsa, u tabiiy tanlovga aylanadi, chunki uning professionalligiga hanuz shubha yo‘q. U menga hech qachon faoliyatini yakunlash haqida gapirmagan. Qarorni u o‘zi qabul qiladi, ammo men uning ketishiga hali ancha bor deb umid qilaman”, — deya Santushning so‘zlarini Al Nassr Zone keltirdi.
Ma’lumot uchun, Ronaldu JCh-2026 saralash bahslarida hozircha besh bor gol urishga ulgurdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!