Santuish Ronaldu JCh-2026da o'ynashi haqida fikr bildirdi

Portugaliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Fernandu Santuish Krishtianu Ronalduning jamoa uchun naqadar muhim ekani borasida o'z munosabatini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Oy boshida “Al-Nasr” hujumchisi 41 yoshni qarshi oldi. Shundan so'ng matbuotda Ronalduning hozirgi holatida ham terma jamoaga qanchalik zarurligi haqida bahslar yana kuchaydi.
“Ronalduning JChda asosiy tarkibda o'ynashi kerakmi? Har bir murabbiy o'z taktik qarashiga ega. Agar Krishtianu yaxshi formada, eng yuqori jismoniy holatda bo'lsa, u tabiiy tanlovga aylanadi — uning professionalligiga hozir ham shubha yo'q. U menga hech qachon faoliyatini yakunlash haqida gapirmagan. Qarorni o'zi qabul qiladi, ammo men uning ketishiga hali ancha bor, deb umid qilaman”, — deya Santuish so'zlarini keltiradi Al Nassr Zone.
Qayd etilishicha, Ronaldu JCh-2026 saralash o'yinlarida hozircha besh bor raqib darvozasini ishg'ol qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!