Bilyaletdinov Ronaldu haqida uning darajasi hamon yuqori

Taniqli murabbiy Rinat Bilyaletdinov Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubida to‘p surayotgan Krishtianu Ronaldu o‘yini yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, Ronaldu noyob futbolchi bo‘lib, uning erishgan natijalarini takrorlash deyarli imkonsiz. Bilyaletdinov 40 yoshdan oshganiga qaramay, portugaliyalik hujumchi hanuz eng yuqori saviyada o‘ynashga intilayotganini alohida qayd etdi.
Joriy mavsumda 41 yoshli Ronaldu barcha musobaqalarda 23 uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Saudiya chempionatining 21-turidan so‘ng «Al-Nasr» turnir jadvalida 52 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing