date

Arsenal vingeri Madueke o'zi haqidagi fikrlarga munosabat bildirdi

Arsenal vingeri Madueke o'zi haqidagi fikrlarga munosabat bildirdi

Londonning «Arsenal» klubi futbolchisi Noni Madueke jamoatchilik uning fe'l-atvori haqida noto'g'ri tasavvurga ega ekanini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

23 yoshli vingerning ta'kidlashicha, ba'zi muxlislar uni o'ziga bino qo'ygan, haddan tashqari ishonchli yoki yetarlicha mehnat qilmaydigan futbolchi deb hisoblaydi. Madueke esa buning aksi ekanini, doim o'z ustida ishlashga intilishini va ishiga juda jiddiy yondashishini qayd etdi.

Joriy mavsumda Madueke 26 ta uchrashuvda 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. O'tgan yil iyulida «Arsenal» uni «Chelsi»dan 56 mln yevroga sotib olgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arsenal vingeri Madueke o'zi haqidagi fikrlarga munosabat bildirdi