date

Andijonda 19 yoshli yigit o'zini ko‘prikdan tashlash bilan tahdid qildi

Andijonda 19 yoshli yigit o'zini ko‘prikdan tashlash bilan tahdid qildi

Andijon shahrida 19 yoshli yigitning o‘zini ko‘prikdan tashlashga uringani bilan bog‘liq holat qayd etildi. Voqea 2 iyun kuni tungi vaqtda Ishchilar mahallasi hududidagi Navoiy shoh ko‘chasida joylashgan ko‘prikda sodir bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2007 yilda tug‘ilgan M.M. oiladagi kelishmovchiliklar sabab ruhiy tushkunlikka tushib, o‘zini ko‘prikdan tashlash bilan tahdid qilgan.

Xabar kelib tushgach, voqea joyiga tergov-tezkor guruhi hamda tegishli tashkilotlar vakillari yetib borgan. Mutaxassislarning sa’y-harakatlari natijasida yigit xavfsiz joyga olib tushilgan va ko‘ngilsiz hodisaning oldi olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Eslatib o‘tamiz, avvalroq aynan shu ko‘prikda shunga o‘xshash yana bir holat kuzatilgani haqida xabar berilgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda 19 yoshli yigit o'zini ko‘prikdan tashlash bilan tahdid qildi