date

Bavariya Nant himoyachisi Tati uchun 50 mln so'ramoqda

Bavariya Nant himoyachisi Tati uchun 50 mln so'ramoqda

Fransiyaning "Nant" klubida to'p surayotgan 18 yoshli himoyachi Tilel Tati Bundesligaga ko'chib o'tishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko'ra, istiqbolli markaziy himoyachini o'z safiga qo'shib olish niyatida turgan klub — Myunxenning "Bavariya"si. "Nant" esa futbolchini 40–50 million yevro atrofidagi summa evaziga qo'yib yuborishga tayyor.

Avvalroq londonlyk "Chelsi" ham Tati transferiga qiziqish bildirgandi: "ko'klar" 30 million yevro taklif qilgan, biroq fransuz klubi bu taklifni rad etgan.

Joriy mavsumda Tati 19 ta uchrashuvda maydonga tushdi va gol hamda assist qayd etmadi. Uning "Nant" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya Nant himoyachisi Tati uchun 50 mln so'ramoqda