Makarov jarohatdan forig' bo'lib, umumiy guruhga qaytdi

Qanot hujumchisi Denis Makarovning vakili Aleksey Babir' futbolchining ayni paytdagi holati haqida ma'lumot berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eslatib o'tamiz, Moskvaning «Dinamo» klubidan Turkiyaning «Kayserispor» jamoasiga o'tgan forvard yaqinda yengil jarohat olgandi.
Agentning so'zlariga ko'ra, Makarov tiklanib bo'ldi va shu hafta to'liq hajmda umumiy guruh bilan mashg'ulot o'tkazmoqda. U jamoaga moslashib ketgan, hammasi yoqayotgani aytiladi, faqat o'sha kichik jarohat rejalarni biroz buzgan — aks holda u allaqachon ilk daqiqalardanoq maydonga tushgan bo'lardi.
Turkiyada Makarov hozircha bitta uchrashuvda maydonga tushib, 30 daqiqa harakat qildi.
Yakshanba kuni «Kayserispor» Turkiya chempionatining 23-turi doirasida «Antalyaspor»ga qarshi o'ynaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!