Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenyxua OChLda mag'lub bo'ldi

Osiyo Chempionlar ligasida «Shanxay Shenyxua» yetti turdan so'ng pley-off yo'llanmasi uchun kurash imkoniyatini boy bergandi. Sakkizinchi turda «Buriram Yunayted»ga qarshi uchrashuv Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so'nggi imkoniyat sifatida ko'rildi, biroq kutilgan "yakuniy so'z" chiqmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tailand klubi 2:0 hisobida zafar quchdi. Mezbonlar dastlabki bo'limning ilk daqiqalaridayoq ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Mueanta Supxanat gol muallifi bo'ldi. Tez orada «Shanxay Shenyxua» bir futbolchiga kamayib qolgani intriga so'nishiga olib keldi.
Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenyxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!