date

Radimov Italiya terma jamoasi saviyasini past baholadi

Radimov Italiya terma jamoasi saviyasini past baholadi

Peterburgning «Zenit» klubida to‘p surgan sobiq yarim himoyachi, hozirda futbol mutaxassisi sifatida faoliyat yuritayotgan Vladislav Radimov Italiya futbolining bugungi ahvoli haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

U «Match TV» efirida Italiya futboli inqirozga yuz tutganini ta’kidladi. Radimovga ko‘ra, klublar legionerlar hisobiga ma’lum darajada natija ko‘rsatayotgan bo‘lsa-da, terma jamoa darajasi yetarlicha yuqori emas va jamoa Jahon chempionatiga bormaslik xavfi ostida.

Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma ola olmadi. Jamoa Jyenarro Gattuzo boshchiligida pley-off o‘yinlarida qatnashadi.

2026 yilgi mundial yoz oylarida Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadi. Nufuzli turnirni bir vaqtning o‘zida uch davlat — AQSH, Kanada va Meksika qabul qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Radimov Italiya terma jamoasi saviyasini past baholadi