date

Garri Keyn Barselona bilan mish-mishlarga munosabat bildirdi

Garri Keyn Barselona bilan mish-mishlarga munosabat bildirdi

"Bavariya" hujumchisi Garri Keyn uning "Barselona"ga ehtimoliy ko'chishi haqidagi gap-so'zlarga izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kataloniyaliklar rahbari Xavyer Vilaxoana yaqinda ingliz futbolchisi bo'yicha muzokaralar bo'layotgani haqida signal bergandi.

Keyn esa bu borada o'zida aniq ma'lumot yo'qligini aytdi: "Men bu haqda hech narsa eshitmadim. Bunday masalalar bilan otam va akam shug'ullanadi, ammo ular ham menga hech narsa demadi. Men bu yerda, 'Bavariya'da baxtliman va hozirgi klubimga to'liq e'tibor qaratganman. Shunga qaramay, bu gaplarni kompliment sifatida qabul qilaman", — dedi u Sky Sport'ga.

32 yoshli forvardning Myunxen klubi bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan. Mish-mishlarga ko'ra, "Barselona" Keynni Robert Levandovskiga munosib voris sifatida ko'rmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Garri Keyn Barselona bilan mish-mishlarga munosabat bildirdi