date

Karim Benzema murabbiy bilan tanaffusda tortishib qoldi

Karim Benzema murabbiy bilan tanaffusda tortishib qoldi

«Al-Hilol»ning fransuz hujumchisi Karim Benzema yaqinda o‘tkazilgan uchrashuvning tanaffusida jamoa murabbiyi bilan tortishib qolgani aytilmoqda. Bu haqda Ball Zone xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, Benzemaning klubga kelishi «Al-Hilol» kiyinish xonasida taranglikni kuchaytirgan. Hatto ayrim futbolchilar fransuz forvard bilan shartnoma imzolangani borasidagi qarordan afsuslanayotgani ham qayd etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 38 yoshli Benzema qishki transfer oynasida «Al-Ittihod»dan «Al-Hilol»ga o‘tib, 1,5 mavsumga mo‘ljallangan bitim tuzgandi. U yangi jamoasi safida uchta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.

So‘nggi turda «Al-Hilol» «Al-Ittihod» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi va Pro-liga turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa tushib qoldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Karim Benzema murabbiy bilan tanaffusda tortishib qoldi