Mali Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘yicha bayonot berdi

Mali futbol federatsiyasi bosh kotibi Sidi Bekaye Magassa Rossiya terma jamoasiga qarshi ehtimoliy o‘rtoqlik bahsi yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uning aytishicha, Mali — Rossiya uchrashuvi FIFA bilan kelishib olingan va bu borada hech qanday muammo yuzaga kelmagan. Magassa Sport24 jurnalistlariga suhbatda o‘yin natijasi FIFA reytingiga kiritilishi hamda ushbu bahs uchun reyting ochkolari hisoblanishini ta’kidladi.
Rossiya va Mali terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 27 mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil fevralidan buyon Rossiya terma jamoalari va klublari xalqaro musobaqalardan chetlatilgan. Shu sababli milliy jamoa hozircha faqat o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!