Galatasarayda maoshlar bo'yicha jiddiy muammolar yuzaga keldi

«Kon'yaspor»ga kutilmagan mag'lubiyatdan so'ng «Galatasaray» ichki muammolar girdobida qolgani haqida xabarlar tarqaldi. TR24 portaliga ko'ra, jamoa futbolchilariga maoshlar to'lanmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, bu holat ketma-ket uch oy davom etmoqda. Klub rasmiylari esa vaziyat yuzasidan izoh berishdan tiyilmoqda, bu esa OAV va muxlislar qiziqishini yanada oshiryapti.
Mahalliy jurnalist Halik Yurekli so'nggi voqealar fonida «Galatasaray»ning chempionlik imkoniyatlari juda shubhali ko'rinish olayotganini ta'kidladi.
Hozircha jamoa chempionatda 55 ochko bilan peshqadam, biroq zaxirada bir o'yini bor «Fenerbahche» 52 ochko bilan yaqin ta'qibda va istalgan payt quvib yetishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing