date

Kenan Yildiz Galatasarayga qarshi javob o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin

Kenan Yildiz Galatasarayga qarshi javob o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin

«Yuventus» hujumchisi Kenan Yildiz A Seriyaning kecha «Komo»ga qarshi uchrashuvida jarohat oldi. Turinliklar o‘sha bahsda 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Corriere dello Sport xabariga ko‘ra, turkiyalik futbolchida chap boldir mushagi shikastlanishi aniqlangan. Shu sababli 25 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan (Toshkent vaqti bilan) Chempionlar ligasi pley-offining ilk raundi doirasidagi «Galatasaray»ga qarshi javob uchrashuvida uning maydonga tushishi so‘roq ostida.

Yildiz 2022 yilda «Bavariya»dan erkin agent sifatida «Yuventus» safiga qo‘shilgan. Uning shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 35 o‘yinda qatnashib, 9 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kenan Yildiz Galatasarayga qarshi javob o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin