Kenan Yildiz Galatasarayga qarshi javob o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin

«Yuventus» hujumchisi Kenan Yildiz A Seriyada «Komo»ga qarshi kechgan va turinliklar 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan uchrashuvda jarohat oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Corriere dello Sport xabariga ko‘ra, turkiyalik futbolchida chap oyoq boldir mushagi shikastlangani aniqlangan. Shu sababli uning Yevropa Chempionlar ligasi pley-offining birinchi bosqichi doirasida «Galatasaray»ga qarshi 25 fevral kuni o‘tkaziladigan javob bahsida maydonga tushishi so‘roq ostida.
Yildiz 2022 yilda «Bavariya»dan erkin agent sifatida «Yuventus» safiga qo‘shilgandi. Uning shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 35 o‘yinda qatnashib, 9 gol urdi va 8 assist qayd etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing