Yuventus hujumchisi Yildiz Galatasaroyga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

"Yuventus" hujumchisi Kenan Yildiz A Seriyaning kechagi "Komo"ga qarshi uchrashuvida jarohat oldi. Turin klubi 0:2 hisobida mag'lub bo'lgan o'yinda futbolchi shikastlanib qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Corriere dello Sport xabariga ko'ra, turkiyalik forvardning chap boldir mushagida muammo aniqlangan. Shu sababli 25-fevral kuni bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi pley-offining birinchi bosqich javob bahsida "Galatasaroy"ga qarshi maydonga tushishi hozircha so'roq ostida.
Kenan Yildiz 2022 yilda "Bavariya"dan erkin agent sifatida "Yuventus" safiga kelib qo'shilgan. Uning shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 35 ta o'yinda qatnashib, 9 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing