Anchelotti murabbiy shartnomasi ishonch qolguncha davom etadi

Karro Anchelotti murabbiylik kasbining eng muhim jihati haqida fikr bildirdi. Italiyalik mutaxassisga ko'ra, bu sohada hamma narsa klub va murabbiy o'rtasidagi ishonchga borib taqaladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Murabbiy bilan shartnoma ishonch saqlanib turgan paytgacha amal qiladi. Meni deyarli hamma joyda ishdan bo'shatishgan. Men o'n klubda ishlaganman va ularning yettitasida meni iste'foga chiqarishgan», — deya Anchelottining so'zlarini Cadena SER keltirdi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yozdan buyon Karro Anchelotti Braziliya milliy terma jamoasini boshqarmoqda. 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichida «selesao» Shotlandiya, Gaiti va Marokko bilan bahs olib boradi. Braziliya mundialni 2002 yildan beri ilk bor yutishni asosiy maqsad qilib qo'ymoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!