date

Kenan Yildiz Galatasarayga qarshi javob o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin

Kenan Yildiz Galatasarayga qarshi javob o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin

“Yuventus” hujumchisi Kenan Yildiz A Seriyadagi “Komo”ga qarshi kechgan va turinliklar 0:2 hisobida yutqazgan uchrashuvda jarohat oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Corriere dello Sport xabariga ko‘ra, turkiyalik futbolchida chap boldir mushagi shikastlanishi aniqlangan. Shu sababli uning 25 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi pley-offining birinchi bosqichi doirasidagi “Galatasaray”ga qarshi javob uchrashuvida maydonga tushishi so‘roq ostida.

Yildiz 2022 yilda “Bavariya”dan “Yuventus”ga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgandi. Uning shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 35 ta o‘yinda qatnashib, 9 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kenan Yildiz Galatasarayga qarshi javob o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin