date

Garri Keyn yaqin orada Barselonaga yo'l olmaydi

Garri Keyn yaqin orada Barselonaga yo'l olmaydi

"Bavariya" hujumchisi Garri Keyn yaqin kelajakda "Barselona" safida to'p surishi kutilmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yaqinda kataloniyaliklar prezidenti lavozimiga nomzod Xavyer Vilaxoana ingliz yulduzini jamoaga olib kelish istagini bildirgandi. Biroq Sky Sport ma'lumotiga ko'ra, "Barselona" kelasi yozda Keynni taklif etishni rejalashtirmoqda, ammo bu transfer amalda mumkin bo'lmaydi. Myunxen klubi esa forvard bilan shartnomani 2028 yoki 2029 yilgacha uzaytirish niyatida.

Joriy mavsumda 32 yoshli hujumchi Vensan Kompani jamoasi safida barcha turnirlarda 36 uchrashuvda 43 ta gol urdi. Transfermarkt bahosiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 65 million yevroni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Garri Keyn yaqin orada Barselonaga yo'l olmaydi