date

Garrining Keyn Barselonaga yaqin orada o‘tmaydi

Garrining Keyn Barselonaga yaqin orada o‘tmaydi

«Bavariya» hujumchisi Garri Keyn yaqin kelajakda «Barselona» safiga o‘tishi kutilmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Avvalroq kataloniyaliklar prezidenti lavozimiga nomzod Xavyer Vilaxoana ingliz yulduzini tarkibga qo‘shish istagi borligini aytgandi. Biroq Sky Sport xabariga ko‘ra, kelasi yozda Keynni taklif qilish rejalashtirilmayapti va bu amalda ham juda mushkul. Myunxen klubi esa forvard bilan shartnomani 2028 yoki 2029 yilgacha uzaytirishni ko‘zlamoqda.

Joriy mavsumda 32 yoshli hujumchi Vensan Kompani jamoasi safida barcha musobaqalarda 36 o‘yinda 43 ta gol urdi. Transfermarkt bahosiga ko‘ra, Keynning bozor qiymati 65 million yevroni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Garrining Keyn Barselonaga yaqin orada o‘tmaydi