Galatasarayda maoshlar kechikmoqda va klub ichida taranglik bor

Konyaspor bilan uchrashuvdagi kutilmagan magʻlubiyatdan soʻng Galatasaray atrofida yoqimsiz xabarlar tarqaldi. TR24 portali yozishicha, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga koʻra, bu holat ketma-ket uch oy davom etmoqda. Klub rahbariyati esa vaziyat yuzasidan rasmiy izoh bermayotgani OAV va muxlislar orasidagi savollarni yanada koʻpaytirdi.
Mahalliy jurnalist Xalik Yurekli soʻnggi voqealarni inobatga olib, Galatasarayning chempionlik imkoniyatlari jiddiy shubha ostida qolayotganini taʼkidladi.
Shunga qaramay, jamoa turnir jadvalida 55 ochko bilan peshqadam. Biroq 52 ochkoga ega va bitta oʻyini zaxirada turgan Fenerbahche Galatasarayni quvib yetishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing