date

Anchelotti murabbiylikda ishonch hammasini hal qiladi deydi

Anchelotti murabbiylikda ishonch hammasini hal qiladi deydi

Mashhur murabbiy Karlo Anchelotti o‘z ishining asosiy jihatlari haqida fikr bildirdi. Italiyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, murabbiylikdagi eng muhim omil — jamoa va rahbariyatning ishonchi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Murabbiy bilan tuzilgan shartnoma ishonch bor ekan yashaydi. Meni deyarli hamma joyda iste’foga chiqarishgan. Men o‘nta klubda ishlaganman va ularning yettitasida meni ishdan bo‘shatishgan”, — deya Anchelottining so‘zlarini Cadena SER keltirdi.

Ma’lumki, o‘tgan yozdan buyon Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasini boshqarmoqda. 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichida “selesao” Shotlandiya, Gaiti va Marokko bilan bahs olib boradi. Braziliya mundialni 2002 yildan beri ilk bor yutishni asosiy maqsad qilib qo‘ygan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Anchelotti murabbiylikda ishonch hammasini hal qiladi deydi