Galatasarayda maoshlar kechikmoqda, klubda bosim kuchaydi

Kutilmagan tarzda Konyaspordan mag‘lubiyatga uchragan Galatasaray atrofida ichki muammolar borligi haqidagi xabarlar ko‘paydi. TR24 portali ma’lumotiga ko‘ra, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, bu holat ketma-ket uch oydan beri davom etmoqda. Klubning rasmiy vakillari vaziyat yuzasidan izoh bermayotgani esa matbuot va muxlislar qiziqishini yanada oshirmoqda.
Mahalliy jurnalist Halik Yurekli so‘nggi voqealar fonida Galatasarayning chempionlik imkoniyatlari jiddiy savol ostida qolayotganini ta’kidladi.
Shunga qaramay, jamoa 55 ochko bilan chempionat peshqadami bo‘lib turibdi. Biroq 52 ochkoga ega va zaxirada bitta o‘yini bor Fenerbahche raqibni quvib yetishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing