Galatasarayda maoshlar kechikmoqda va ichki muammo kuchaymoqda

“Konyaspor”dan kutilmagan mag‘lubiyatdan so‘ng “Galatasaray” ichida muammolar borligi haqida xabarlar tarqaldi. TR24 ma’lumotiga ko‘ra, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, bu holat ketma-ket uch oydan beri davom etmoqda. Klub rahbariyati esa vaziyat bo‘yicha rasmiy izoh bermayotgani matbuot va muxlislar qiziqishini yanada oshirmoqda.
Mahalliy jurnalist Halik Yurekli so‘nggi voqealar fonida “Galatasaray”ning chempionlik imkoniyati jiddiy savol ostida qolayotganini ta’kidladi.
Hozircha jamoa chempionatda 55 ochko bilan peshqadam, biroq 52 ochkoga ega va zaxirada bir o‘yini bor “Fenerbahche” quvib yetishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing