date

Musiola Vinisius atrofidagi irqchilik mojarosiga munosabat bildirdi

Musiola Vinisius atrofidagi irqchilik mojarosiga munosabat bildirdi

Myunxenning «Bavariya» klubi futbolchisi Jamal Musiola Chempionlar ligasida «Benfika» va Madridning «Real» jamoalari o‘rtasidagi bahsda yuzaga kelgan noxush vaziyat haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvdagi yagona golni urgan «Real» hujumchisi Vinisius Junior o‘yindan so‘ng hakamga raqib qanot futbolchisi Janluka Prestianni tomonidan irqchilik mazmunidagi haqoratga uchraganini aytdi. Argentinalik futbolchi «Real» yulduziga yuzlangan paytida og‘zini futbolkasi bilan yopgani ham e’tiborni tortdi, biroq u ayblovni rad etmoqda.

«Murabbiyimiz bu masalada allaqachon bir nechta muhim fikrlarni aytgan. Irqchilik — juda og‘riqli mavzu. Men Viniga ishonaman, shuning uchun u bunday vaziyatda yolg‘on gapiradi, deb o‘ylamayman. U bu holatni munosib tarzda boshqardi. Bu muammo anchadan beri muhokamada, buni ko‘rish menga yoqmaydi», — deya Musiolaning so‘zlarini Madrid Zone keltirdi.

Qayd etilishicha, «Real» va «Benfika» o‘rtasidagi javob uchrashuvi 25-fevral, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Musiola Vinisius atrofidagi irqchilik mojarosiga munosabat bildirdi