date

Fransiyada PSJ sotib olgan Zabarniydan norozi

Fransiyada PSJ sotib olgan Zabarniydan norozi

Fransiyada «PSJ»ning yangi futbolchisi — ukrainalik himoyachi Ilya Zabarnyning o'yini keskin bahslarga sabab bo'ldi. Le Figaro jurnalistlari futbolchining maydondagi harakatlarini tanqid ostiga oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Nashrga ko'ra, Zabarny tarkibda tez-tez ko'rinish berganida himoyaga yetarli ishonch bermayapti. Materialda u o'ziga ishonchi past, harakatlarda og'ir va to'p bilan ishlashda ham kutilgan darajani ko'rsata olmayotgani ta'kidlangan. Shuningdek, u kurashlarda ham, havodagi duel va «ikkinchi qavat»da ham raqiblarga to'liq ustunlik qila olmayotgani yozilgan.

Eslatib o'tamiz, Zabarny 2025 yil yozida inglizlarning «Bornmut» klubidan Parij grandiga o'tgandi. Bu transfer Fransiya chempioniga 63 million yevroga tushgan, himoyachi esa «PSJ» bilan 2030 yil iyun oxirigacha mo'ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fransiyada PSJ sotib olgan Zabarniydan norozi