Bavariya iste'dodi Karl muvaffaqiyati meni hayratlantirmadi dedi

Myunxenning «Bavariya» klubida to'p surayotgan 18 yoshli futbolchi Lennart Karl karyerasining ilk bosqichidagi keskin o'sish o'zi uchun kutilmagan bo'lmaganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Hujumkor yarim himoyachi joriy mavsumda grand safida muntazam ravishda maydonga tushib kelmoqda. 22 fevral kuni u 18 yoshga to'ldi.
«Ba'zan bo'layotgan voqealar meni ham hayron qoldirardi, ammo doim buni eplolishimni bilganman. Tinimsiz mehnat qildim. Juda xursandman, lekin albatta o'sish uchun joy bor. Keyinroq ko'proq gol urib, ko'proq assist berishni, qolgan jihatlarda ham qo'shishni istayman», — deya Karlning Kicker'ga bergan intervyusidan «Gazeta.Ru» iqtibos keltirdi.
«Bavariya» 28 fevral, shanba kuni Bundesligada safarda asosiy ta'qibchi — Dortmundning «Borussiya»siga qarshi bahs o'tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!