date

FIFA Meksikadagi tartibsizliklardan xavotirda qoldi

FIFA Meksikadagi tartibsizliklardan xavotirda qoldi

Meksikada yuz bergan tartibsizliklar FIFA e'tiborini tortdi. 2026 yilgi jahon chempionati mezbonlaridan biri bo'lgan mamlakatda vaziyat keskinlashgani tashkilotda xavotir uyg'otmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Muhimi, mundialgacha hali vaqt bor, biroq qit'alararo pley-off uchrashuvlari oldiga atigi bir oy qoldi. Mart oyining oxirida aynan Meksikada 2026 yilgi JCh uchun ikki yo'llanma qit'alararo stykalar orqali hal bo'lishi kerak.

Agar xavfsizlik bilan bog'liq muammolar davom etsa, FIFA uchrashuvlarni boshqa joyga ko'chirish variantini ham ko'rib chiqishi mumkin.

The Touchline nashri jurnalist Alexandro Orvanyanosga tayanib, FIFA ichida tashvish kuchayayotganini yozmoqda. Voqealar rivoji kuzatib boriladi.

Eslatib o'tamiz, 2026 yilgi jahon chempionatiga AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilishi rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » FIFA Meksikadagi tartibsizliklardan xavotirda qoldi