Noiyer Dortmundga qarshi o'yinda kutilmaganda maydonga tushishi mumkin

Fevral o'rtalarida Manuel Noiyer jarohat olib, "Bavariya" asosiy posbonisiz taxminan uch haftaga qolishi aytilgandi. Biroq darvozabon tiklanish jarayonini tezlashtirib, rejalashtirilganidan oldin safga qaytishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bild xabariga ko'ra, dushanba kuni Noiyer darvozabonlar murabbiyi va reabilitatsiya bo'yicha mutaxassis bilan maydonda mashg'ulot o'tkazdi. Hozircha u murakkab yuklamalarni bajarayotgani yo'q, ammo to'p bilan ishlagani tiklanish borasida ijobiy siljishdan dalolat beradi.
Germaniyada Noiyer 28-fevral, shanba kuni Dortmundning "Borussiya"siga qarshi uchrashuvning o'zida jamoaga yordam berib qolishi mumkinligi muhokama qilinmoqda. Agar shunday bo'lsa, bu "Bavariya" uchun yoqimli kutilmagan yangilik bo'ladi.
Bundesligada "Bavariya" peshqadamlik qilmoqda, ikkinchi o'rindagi "Borussiya" esa myunxenliklardan 8 ochko ortda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!