Filimonov Safonovning PSJdagi yuksalishini izohladi

Rossiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Aleksandr Filimonov Matvey Safonovning PSJ safidagi o'yinlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Filimonovning aytishicha, Safonov ketma-ket to'rtta penaltini qaytargani shunchaki tomosha uchun qilingan chiqish emas, balki darvozabonning mahoratini ko'rsatadi. U “perfonmansni muxlislar qiladi, bu esa Safonovning ustaligi”, deya ta'kidladi.
Safonov asta-sekin fransuz klubida asosiy darvozabon maqomini mustahkamlab bormoqda. U joriy mavsumda Chempionlar ligasida uch uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol o'tkazdi va bir o'yinda darvozasini daxlsiz saqladi.
Liga 1 doirasida esa Safonov olti bahsda ishtirok etdi: olti gol o'tkazdi, uch uchrashuvda esa “nol”ga o'ynadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing