Noyer Borussiya bilan o'yinda maydonga qaytib qolishi mumkin

Fevral o'rtalarida Manuel Noyer jarohat olib, «Bavariya» safidan taxminan uch haftaga chetda qolishi aytilgandi. Biroq tajribali darvozabon kutilganidan erta safga qaytishi ehtimoli paydo bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bild xabariga ko'ra, dushanba kuni Noyer maydonda darvozabonlar murabbiyi va reabilitatsiya bo'yicha mutaxassis bilan birga mashg'ulot o'tkazdi. Hozircha murakkab yuklamalar berilmagan, ammo u to'p bilan ishlagani tiklanish jarayoni ijobiy ketayotganidan darak beradi.
Germaniyada Noyer allaqachon Dortmundning «Borussiya»siga qarshi bahsda maydonga tushib, ko'pchilikni hayratda qoldirishi mumkinligi haqida gap-so'zlar yuribdi. Jamoalar 28-fevral, shanba kuni to'qnash keladi.
«Bavariya» Bundesligada peshqadamlik qilmoqda, ikkinchi o'rindagi «Borussiya» esa undan sakkiz ochkoga ortda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!