Lennart Karl Bavariyadagi shiddatli yuksalishidan hayratlanmadi

Myunxenning «Bavariya» klubida to'p surayotgan 18 yoshli futbolchi Lennart Karl faoliyatining boshidagi tezkor ko'tarilish uni kutilmaganda lol qoldirmaganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Hujumkor yarim himoyachi joriy mavsumda grand tarkibida muntazam ravishda maydonga tushib kelmoqda. 22 fevral kuni u 18 yoshga to'ldi.
«Ba'zan bo'layotgan voqealar meni ham hayron qoldirardi, lekin ich-ichimdan bunga qodirligimni bilardim. Juda ko'p mehnat qildim. Natijalardan xursandman, ammo, albatta, o'sish uchun joy doim bor. Kelgusida ko'proq gol urib, ko'proq assist qilishni, qolgan jihatlarda ham kuchayishni istayman», — deya Karlning Kicker nashriga bergan intervyusidan «Gazeta.Ru» iqtibos keltiradi.
28 fevral, shanba kuni «Bavariya» Bundesligada safarda asosiy ta'qibchisi — Dortmundning «Borussiya» jamoasiga qarshi bahs o'tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!