date

Noyer Dortmundga qarshi o'yinda maydonga qaytishi mumkin

Noyer Dortmundga qarshi o'yinda maydonga qaytishi mumkin

Fevral o'rtalarida "Bavariya"ning tajribali darvozaboni Manuel Noyer jarohat olgandi. Dastlab u taxminan uch hafta safdan chiqishi aytilgan, biroq tiklanish jarayoni kutilganidan tezroq kechayotganga o'xshaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bild xabariga ko'ra, dushanba kuni Noyer maydonda darvozabonlar murabbiyi va reabilitatsiya bo'yicha mutaxassis bilan birga mashg'ulot o'tkazdi. Hali murakkab mashqlarni bajarmagan bo'lsa-da, to'p bilan ishlagani uning ahvoli yaxshilanayotganidan darak beradi.

Germaniyada Noyer Dortmundning "Borussiya"siga qarshi uchrashuvdayoq jamoaga yordam berib qolishi mumkinligi muhokama qilinmoqda. Jamoalar 28 fevral, shanba kuni maydonga tushadi.

Hozir "Bavariya" Bundesligada peshqadam, ikkinchi o'rindagi "Borussiya" esa 8 ochko ortda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Noyer Dortmundga qarshi o'yinda maydonga qaytishi mumkin