Lennart Karl Bavariyadagi yuksalishidan hayratda emas

«Bavariya»ning 18 yoshli futbolchisi Lennart Karl karyerasining boshidagi tezkor yuksalish uni unchalik ham hayratga solmaganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yosh hujumkor yarim himoyachi joriy mavsumda Myunxen klubi safida muntazam ravishda maydonga tushmoqda. 22 fevral kuni Karl 18 yoshni qarshi oldi.
«Ba'zan nimalar bo'layotganidan hayron qolgan paytlarim bo'ldi, ammo doim bunga qodirligimni bilganman. Men tinimsiz mehnat qildim. Juda xursandman, lekin, albatta, o'sish uchun joy bor. Umid qilamanki, keyinroq yanada ko'proq gol uraman, ko'proq assist qilaman va qolgan jihatlarda ham o'zimni kuchaytiraman», — deya Karlning Kicker nashriga bergan intervyusidan iqtibos keltiradi «Gazeta.Ru».
28 fevral, shanba kuni «Bavariya» Bundesliga doirasida safarda asosiy ta'qibchi — Dortmundning «Borussiya» jamoasiga qarshi bahs o‘tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!