Galatasarayda maoshlar bo‘yicha jiddiy muammolar yuzaga keldi

Konyaspor bilan bahsdagi kutilmagan mag‘lubiyatdan so‘ng Galatasaray ichki muammolarga duch kelgani haqida xabarlar tarqaldi. TR24 ma’lumotiga ko‘ra, jamoa futbolchilari maoshlarini o‘z vaqtida ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, bu holat ketma-ket uch oydan beri davom etmoqda. Klub rasmiylari esa vaziyat yuzasidan izoh bermayotgani OAV va muxlislar orasidagi qiziqishni yanada oshirmoqda.
Mahalliy jurnalist Halik Yurekli so‘nggi voqealar fonida Galatasarayning chempionlik imkoniyatlari endi juda shubhali ko‘rinishini ta’kidladi.
Shunga qaramay, jamoa chempionatda 55 ochko bilan peshqadamlikni saqlab turibdi. Biroq 52 ochkoga ega va zaxirada o‘yini bor Fenerbahche ularga tez orada yetib olishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing