date

Filimonov Safonovning PSJdagi muvaffaqiyatini izohladi

Filimonov Safonovning PSJdagi muvaffaqiyatini izohladi

Rossiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Aleksandr Filimonov Matvey Safonovning PSJ safidagi o'yinlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Unga ko'ra, Safonov ketma-ket to'rtta penaltini qaytargani shunchaki "perfromans" emas, balki darvozabonning mahoratini ko'rsatadi. Filimonov "perfromansni muxlislar qiladi, bu esa Safonovning ustaligi" ekanini ta'kidladi.

Safonov fransuz klubida birinchi raqam maqomini tobora mustahkamlab bormoqda. Joriy mavsumda u Yevropa Chempionlar ligasida uchta o'yinda maydonga tushib, uchta gol o'tkazib yubordi va bitta uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.

Shuningdek, darvozabon Liga 1 doirasida olti bahsda qatnashdi: unda olti gol o'tkazdi va uch o'yinda "nol"ga o'ynadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Filimonov Safonovning PSJdagi muvaffaqiyatini izohladi