Filimonov Safonovning PSJdagi o'sishini izohladi

Rossiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Aleksandr Filimonov Matvey Safonovning PSJ safidagi o'yinlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Filimonovning aytishicha, Safonov ketma-ket to'rtta penalti zarbasini qaytargani “perfromans” emas, balki sof mahorat belgisi. “Perfromansni muxlislar qiladi, bu esa Safonovning ustaligi”, — deya uning so'zlarini “Chempionat” nashri keltiradi.
Safonov fransuz grandida birinchi raqam maqomini tobora mustahkamlab bormoqda. Bu mavsum u Chempionlar Ligasida uch uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol o'tkazdi va bir o'yinda darvozasini daxlsiz saqladi.
Shuningdek, darvozabon Liga 1 doirasida olti bahsda ishtirok etib, olti bor gol o'tkazdi, uch uchrashuvda esa “nol”ga o'ynadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing