date

Al-Nasr murabbiyi Ronalduning nega dam olishini aytdi

Al-Nasr murabbiyi Ronalduning nega dam olishini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nima sababdan navbatdagi uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi yaqin orada maydonga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu o'yinda ham uning ishtiroki bo'lmaydi.

«Zich taqvim sabab Ronalduga va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berdik. Oldinda «Al-Fateh»ga qarshi juda muhim uchrashuv bor», — dedi Jezush. Murabbiyning so'zlarini Al Nassr Zone keltirdi.

Jezushning ta'kidlashicha, Ronalduning dam olishi yangilik emas: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan ayrim o'yinlarda avval ham qatnashmagan.

Saudiya chempionatida «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14 fevral kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr murabbiyi Ronalduning nega dam olishini aytdi