Al-Hilol Karim Benzemani bir muddatga yo'qotishi mumkin

«Al-Hilol»ning yulduzli yangi futbolchisi Karim Benzema jamoa mashg'uloti vaqtida son mushagidan jarohat oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Fransuz hujumchisining «Al-Taavun»ga qarshi bo'ladigan yaqin uchrashuvda maydonga tushishi katta savol ostida. Tez orada Benzema tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan so'ng uning tiklanish muddati aniq bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Benzema bu qishda «Al-Ittihod»dan «Al-Hilol»ga ko'chib o'tgandi. U yangi jamoasi safida uchta o'yinda maydonga tushib, uchta gol urdi hamda bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing