date

Garri Keyn afsonaviy Gerd Myuller rekordini takrorladi

Garri Keyn afsonaviy Gerd Myuller rekordini takrorladi

Bundesliganing so‘nggi turida “Bavariya” Frankfurtning “Ayntraxt” klubini 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvda angliyalik hujumchi Garri Keyn ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Keyn avvalgi ikki o‘yinda ham dubl qayd etgandi: u “Xoffenxaym”ga ham, “Verder”ga ham ikkitadan gol urgan.

2023 yildan beri Bundesligada to‘p surayotgan Keyn faoliyati davomida bunday ketma-ket uch o‘yinda dubl seriyasini uchinchi marta takrorladi. Shu tariqa u 60–70-yillardagi “Bavariya” afsonasi Gerd Myuller natijasiga yetib oldi.

“Bavariya” tarixida esa shunday seriyani faoliyati davomida to‘rt marta amalga oshirgan yagona futbolchi bor — Robert Levandovski. Hozir u Kataloniyaning “Barselona” klubida o‘ynamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Garri Keyn afsonaviy Gerd Myuller rekordini takrorladi