Al-Hilol Karim Benzemani uchrashuvga yetkaza olmasligi mumkin

«Al-Hilol»ning yulduzli yangi futbolchisi Karim Benzema jamoa mashg‘uloti vaqtida son qismidan jarohat oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Fransuz hujumchisining «Al-Taavun»ga qarshi bo‘ladigan navbatdagi o‘yinda maydonga tushishi katta so‘roq ostida. Yaqin kunlarda Benzema tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shundan so‘ng uning tiklanish muddati aniq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Benzema qishda «Al-Ittihod»ni tark etib, «Al-Hilol» safiga o‘tgandi. U yangi jamoasida uchta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing