Marselo Galyardo River Pleyt bosh murabbiyligidan ketadi

Argentinaning «River Pleyt» klubi bosh murabbiyi Marselo Galyardo jamoani tark etish qarorini qabul qildi. Bu haqdagi rasmiy bayonot klubning saytida e’lon qilindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Galyardo mamlakat chempionati doirasida «Banfield»ga qarshi 26-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvdan keyin lavozimini topshiradi. Murabbiy o‘z ixtiyori bilan iste’foga chiqishiga jamoaning qoniqarsiz natijalari sabab bo‘layotgani ta’kidlandi: hozir «River Pleyt» turnir jadvalida 10-o‘rinda bormoqda.
Galyardo «River Pleyt» bilan murabbiylik faoliyati davomida ikki bor ishlagan. 2014–2022 yillar oralig‘ida u jamoa bilan 14 ta sovrinni qo‘lga kiritgan, jumladan, mamlakat chempionligi hamda Libertadores kubogida ikki marta g‘alaba qozongan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing