Bavariyada faqat Jekson o'z rolidan norozi

Myunxenning "Bavariya" klubida hujumchi Nikolas Jekson o'zining jamoa ichidagi vaziyatidan qoniqmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bild xabariga ko'ra, senegallik futbolchi o'yin amaliyoti kamligidan norozi bo'lgan yagona "Bavariya" a'zosi hisoblanadi. Uning ranjishi jamoa muhitida ham sezilayotgani ta'kidlanadi. Qolgan futbolchilar esa cheklangan roli bilan kelishib, ko'proq daqiqalarga loyiq ekanini mashg'ulot va o'yinlarda isbotlashga urinmoqda.
"Bavariya" Jeksonni 2025 yil sentabrida "Chelsi"dan mavsum oxirigacha 16 million yevro evaziga ijaraga olgan. Kelishuvda futbolchini 65 million yevroga sotib olish bandi ham bor. Joriy mavsumda Jekson myunxenliklar safida barcha musobaqalarda 22 uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!