Vinisius Real safida rekord seriyasini takrorladi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior Chempionlar ligasi pley-off bosqichida «Benfika»ga qarshi javob o‘yinida gol urib, so‘nggi uchrashuvlardagi samaradorligini davom ettirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Braziliyalik futbolchi 80-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol etib, hisobni «qirollik klubi» foydasiga 2:1 ko‘rinishiga keltirdi. Opta ma’lumotiga ko‘ra, 25 yoshli hujumchi ketma-ket beshinchi o‘yinda gol urdi va shu tariqa «Real»dagi shaxsiy eng yaxshi seriyasini yana bir bor qayd etdi. Vinisius bungacha faqat bir marta — 2022 yilda — besh bahs ketma-ket gol urishga erishgan.
Vinisiusning hozirgi golli yurishi «Rayo Valyekano»ga qarshi o‘yinda boshlangan, keyin u «Real Sosyedod» darvozasini ikki bor ishg‘ol qilgan. Shundan so‘ng hujumchi «Benfika» hamda «Osasuna»ga qarshi bahslarda ham bittadan gol muallifi bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!