Duze PSJning Chempionlar ligasi 1/8 finaliga chiqishini baholadi

PSJ hujumchisi Dezire Duze Chempionlar ligasidagi «Monako» bilan 2:2 hisobidagi durangdan so‘ng fikr bildirdi. Ikki o‘yin yakuniga ko‘ra parijliklar umumiy 5:4 hisobida ustun kelib, 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Duze UEFAga bergan intervyusida jamoa keyingi bosqichga o‘tgani uchun xursandligini ta’kidladi. Uning aytishicha, bu sinovdan o‘tish juda muhim bo‘lgan, PSJ esa o‘yin davomida hisobni tenglashtirib, xarakter va matonatini ko‘rsata olgan.
Shuningdek, u «Monako»ni yuqori saviyadagi futbolchilar jam bo‘lgan kuchli jamoa sifatida e’tirof etib, Chempionlar ligasida har bir uchrashuv og‘ir kechishini qayd etdi. «Bugun vazifani bajardik, eng muhimi ham shu», — dedi Duze.
1/8 finalda PSJning raqibi «Barselona» yoki «Chelsi» bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!